Yordam va aloqa
Suyunchi — Oʻzbekistonda yoʻqolgan va topilgan buyumlarni egasiga qaytarish uchun ilova. Savol, shikoyat yoki taklifingiz boʻlsa yozing: odatda bir ish kuni ichida javob beramiz.
Biz bilan bogʻlanish
- Telegram’da @dimamamann — eng tez yoʻl.
- Nomaqbul eʼlon yoki xabar: ilovaning oʻzidan — har bir eʼlon va chatda «Shikoyat qilish» tugmasi bor, shikoyat moderatorlarga darhol tushadi.
- Shaxsiy maʼlumotlaringiz boʻyicha soʻrov (koʻrish, tuzatish, oʻchirish) — oʻsha Telegram manzili.
Ilova qanday ishlaydi
- Buyumni topgan odam eʼlon beradi va faqat haqiqiy egasi bila oladigan bitta yashirin belgini yozib qoʻyadi (masalan, hamyon ichidagi narsa).
- Buyumni yoʻqotgan odam «Bu meniki» tugmasini bosib, oʻsha belgini aytadi. Uch marta urinish mumkin.
- Javob toʻgʻri boʻlsa, topuvchi soʻrovni qabul qiladi va ilova ichida chat ochiladi.
- Telefon raqamlar hech qachon boshqa foydalanuvchiga koʻrsatilmaydi — aloqa faqat ilova ichidagi chat orqali.
- Buyum qaytgach, eʼlon «Egasiga qaytdi» deb belgilanadi va yopiladi.
Tez-tez soʻraladigan savollar
Telefon raqamim boshqalarga koʻrinadimi?
Yoʻq. Raqam faqat kirish uchun ishlatiladi va eʼlonda ham, chatda ham, profilda ham koʻrsatilmaydi.
Soʻrovim rad etilsa nima boʻladi?
Bitta eʼlon uchun uch martagacha urinish bor. Uchalasi ham notoʻgʻri boʻlsa, oʻsha eʼlonga yana soʻrov yubora olmaysiz — bu haqiqiy egasini himoya qiladi.
Eʼlonimni oʻzgartirsam yoki oʻchirsam boʻladimi?
Ha: Profil → Mening eʼlonlarim → kerakli eʼlon. Yashirin belgini ham oʻzgartirish mumkin.
Hisobimni butunlay oʻchirmoqchiman.
Profil → «Profilni tahrirlash» → pastdagi qizil «Hisobni oʻchirish». Eʼlonlaringiz, soʻrovlaringiz, chatlaringiz va yuklagan rasmlaringiz bilan birga oʻchadi. Bu amalni qaytarib boʻlmaydi.
Kimnidir bloklashim mumkinmi?
Ha. Chatdagi yoki eʼlondagi «…» tugmasi → «Bloklash». Bloklangan odam sizga yoza olmaydi.
Hujjatlar
Maʼlumotlaringiz bilan nima qilishimiz Maxfiylik siyosatida, qoidalar esa Foydalanish shartlarida yozilgan — ikkalasi ham shu saytda va ilova ichida.